Levandovski yangi rekord o‘rnatdi
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Bundesliga 5-turidan o‘rin olgan «Boxum»ga qarshi o‘yinda to‘p kiritdi.

Natijada polshalik futbolchi chempionat doirasida qatorasiga 13 ta uy o‘yinida gol urib, rekord o‘rnatdi.
Bungacha Levandovski Bundesligada ketma-ket 12 ta uy o‘yinida gol urgan Gerd Myuller va Yupp Haynkes bilan bir xil natija qayd etayotgan edi.
Ma’lumot uchun: hujumchi bu mavsumda Germaniya chempionatidan o‘rin olgan 5 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 7 ta to‘p kiritdi va to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib bormoqda.







