Sport

Menni Pakyao boksdagi faoliyatini yakunladi (video)

Boks bo‘yicha 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik bokschi Menni Pakyao Toni Talks ko‘rsatuvida sport faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi.

Menni Pakyao boksdagi faoliyatini yakunladi (video)

 

 

Bokschi  ringdagi oxirgi jangini 2021 yil 22 avgustda WBA‘ning superchempion unvoni uchun kubalik Yordenis Ugasga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan. Bu Pakyaoning 2019 yil iyul oyida WBA chempionlik kamari uchun Keyt Turmanni mag‘lubiyatga uchratganidan keyingi birinchi jang edi.

 

“Bokschilik faoliyatim yakunlandi, men bu qarorni boks bilan anchadan beri shug‘ullanishim va oilam menga u bilan yetarlicha shug‘ullanganimni aytayotgani sababli qabul qildim. Men Filippin prezidenti lavozimi uchun kurash olib borishga chorlovni ko‘rqmay qabul qilaman. Bizga taraqqiyot kerak, biz kambag‘allikni yengishimiz lozim. Bizga hukumatimiz xalqqa halol va ochiq-oydin xizmat qilishi kerak. Mavridi keldi va men o‘z zimmamga yetakchilik yukini olishga tayyorman”, deydi  bokschi.

 

Ayni vaqtda Pakyao Filippin senati aʼzosi hisoblanadi, uning vakolatlari muddati 2022 yilda yakunlanadi.

 

Hozirda Filippin prezidenti Rodrigo Duterte hisoblanadi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, Duterte ikkinchi muddatga prezident lavozimini egallay olmaydi. Shu sababli u bo‘lg‘usi saylovlarda vitse-prezident lavozimi uchun kurashmoqchi.

 

Maʼlumot uchun, Menni Pakyao ikki yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytdi. Tanaffusdan so‘nggi ilk ringida mag‘lubiyatga uchradi. Kubalik Yordenis Ugas bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan g‘alaba qozonib, WBA (super) vazn toifasida chempionlik unvonini saqlab qoldi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sakkizta vazn bo‘yicha boks sobiq chempioni Menni Pakyao va WBC va IBF yo‘nalishlari chempioni Errol Spens o‘rtasidagi jang bekor qilingani haqida xabar berilgandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.