Toshkent xalqaro kinofestivali g‘oliblariga topshiriladigan nominatsiyalar ochiqlandi
G‘oliblarga nafaqat nominatsiyalar, haykalchalar, balki, pul mukofotlari ham topshiriladi.


“Ipak yo‘li durdonasi” festivaliga atigi 7 kun qolganida g‘oliblarga va sovrindorlarga topshiriladigan nominatsiyalar, statuetkalar, pul mukofotlari ro‘yxati eʼlon qilindi. Bu haqda “Tashkent International Film Festival”ning telegram kanalida maʼlum qilindi.
Kinofestival doirasida o‘tkaziladigan “Kino 5 kunda” ko‘rik-tanlovida filmlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:
– Eng yaxshi aktyor;
– Eng yaxshi aktrisa;
– Eng yaxshi ssenariy muallifi;
– Eng yaxshi rejissyorlik ishi;
– Eng yaxshi montaj ishi uchun;
– Eng yaxshi ovoz uchun.
Shuni alohida aytishimiz kerakki, tanlovning har bir ishtirokchisiga “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining sertifikatlari topshiriladi.
Avvalroq “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali 28-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar O‘zbekistonning bir qator shaharlarida o‘tkazilishi haqida xabar bergandik.







