Jahon

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Nazorat choralari sun’iy intellekt yordamida ko‘chirish bilan bog‘liq mojaro ortidan kuchaytirilgan.

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Janubiy Koreyada oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha umummilliy imtihon (CSAT) davomida 98 nafar ishtirokchi qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani aniqlandi. Bu haqda mamlakat Ta’lim vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda YNA.

 

Qoidabuzarliklarning 49 tasi hukumat tomonidan yuborilgan favqulodda ogohlantirish xabarlari yordamida aniqlangan. Imtihon davomida mamlakat bo‘ylab mobil telefonlarga uch marta signal yuborilgan. Bu orqali imtihon boshlanishidan oldin telefonlarini topshirmagan ishtirokchilarni aniqlashga harakat qilingan. Bunday ogohlantirishlar telefon ovozsiz rejimda bo‘lsa ham baland ovozda eshitiladi.

 

Yana 44 kishi boshqa elektron qurilmalar bilan qo‘lga tushgan. Besh holatda esa ulardan bevosita imtihon vaqtida foydalanilgan. Xususan, bir ishtirokchi aqlli ko‘zoynakdan foydalangan, boshqasidan miniatyur kamera va simsiz quloqchinlar topilgan. Yana bir kishi imtihon varag‘ini smartfon orqali suratga olgan.

 

Mamlakat rasmiylari yaqinda sun’iy intellekt va elektron qurilmalardan foydalanish bilan bog‘liq ko‘chirmachilik mojarosidan keyin nazorat choralarini kuchaytirgan. Imtihon xonalariga elektron qurilmalarni olib kirish taqiqlangan, ishtirokchilarga faqat qalam olib kirishga ruxsat berilgan. 

 

Shuningdek, ularning ko‘zoynaklari yashirin kameralar bor-yo‘qligiga tekshirilgan, kiyimdagi tugmalar esa maxsus stikerlar bilan yopilgan.

 

Ta’lim vaziri o‘rinbosari Chxve In Ok aqlli qurilmalar yordamida ko‘chirmachilik qilganlarga nisbatan yanada qat’iy jazo choralari qo‘llanishini bildirgan. Hukumat qoidabuzarlikda qo‘lga tushgan shaxslarga 10 yil davomida imtihonni qayta topshirishni taqiqlashni ham rejalashtirmoqda.

 

Nazoratning kuchaytirilishiga soliq maslahatchisi malakasini olish imtihonida eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchining sun’iy intellekt va elektron qurilmalardan foydalanib ko‘chirganini tan olishi ham sabab bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan politsiya tergov boshlagan.

 

Bundan tashqari, yuridik fakultetlarga kirish imtihonida (LEET) maksimal ball olgan 32 yoshli erkakning ham sun’iy intellektdan foydalangani gumon qilingan. Payshanba kuni u Seuldagi motellardan birida o'lik holda topilgan.

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Mamlakat prezidenti Osif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Rahbarlar yakunda OAV uchun qo‘shma bayonot bermagan.

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsiyani davlatga bo‘lgan ishonchni pasaytiruvchi va mamlakat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omil ekanligi ta'kidlandi.

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

Isroil AQShdan Eronga 4–7 kunlik havo hujumlarida ishtirok etishni so‘ramoqda.

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilgach, o‘z missiyasini bajarilgan deb hisoblashini aytdi.

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

Tabiiy ofatlar global iqtisodiyotga 4,7 trillion dollar zarar yetkazgan.

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Sankt-Peterburgda migrantlar patenti uchun mintaqaviy koeffitsient 3,05 gacha oshiriladi.

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Ukraina zarbalar Rossiya armiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlaydigan korxonalarga qaratilganini bildirdi. Rossiyaning Odessaga hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.