Sport

“Nasaf” OFK kubogida qancha pul ishlashi maʼlum bo‘ldi

OFK kubogi doirasida Qarshining “Nasaf” klubi 22 sentyabr kuni o‘z maydonida Hindistonning "Mohun Bagan" jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub etib, turnirning mintaqalararo finaliga yo‘llanma oldi.

“Nasaf” OFK kubogida qancha pul ishlashi maʼlum bo‘ldi

 

 

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, Qarshi jamoasi hozirgi bosqichga qadar 100 ming AQSH dollari ishlab oldi. "Nasaf" OFK kubogining keyingi bosqichida Gonkongning "Li Man" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin 20 oktyabr kuni Qarshi shahrida o‘tkaziladi. Qarshiliklar ushbu raqibni mag‘lub etsa, finalchi sifatida 750 ming AQSH dollariga ega bo‘ladi.

 

Finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun Bahraynning "Al Muharraq" hamda Kuvaytning "Kuvayt SK2 klubi maydonga tushadi. "Nasaf" "Li Man” klubi ustidan g‘alaba qozonsa, hal qiluvchi uchrashuvni 5 noyabr kuni ushbu juftlik g‘olibiga qarshi o‘tkazadi. G‘olib bo‘lgan jamoa  1 yarim million AQSH dollari miqdorida mukofot sohibi bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Nasaf" "Mohun Bagan" klubini 6:0 hisobida mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.

 

 

Jamshidbek Amirov

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.