Sport

O‘zbekistonda yangi sport tashkiloti – Funksional ko‘pkurash federatsiyasi tashkil etildi

Mamlakatimiz sport oilasi yana bir yangi tashkilot hisobiga boyidi.

O‘zbekistonda yangi sport tashkiloti – Funksional ko‘pkurash federatsiyasi tashkil etildi


Adliya vazirligi O‘zbekiston Funksional ko‘pkurash federatsiyasini jamoatchilik tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

 

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida Funksional ko‘pkurash federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Maʼmurjon G‘aniyev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Aytish kerakki, yurtimizda yengil va og‘ir atletika, badiiy gimnastika, suzish, velosport kabi sport turlarini o‘z ichiga olgan Funksional ko‘pkurash sport turi tobora ommalashib bormoqda.

 

Mamlakatimiz aholisi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida mazkur yo‘nalishda ko‘plab musobaqalar tashkil etilib, shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligi, sportga bo‘lgan ishtiyoqi oshirilmoqda.

 

Yig‘ilishda insondan katta kuch, iroda va chidamlilikni talab etadigan ushbu sport turini yana-da rivojlantirish hamda yoshlarni Funksional ko‘pkurash sportiga qiziqtirish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Funksional ko‘pkurashni yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda yangi to‘garaklar ochish, malakali murabbiylar jalb etish, respublika va xalqaro musobaqalarni tashkil etish, sportchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, moddiy texnik bazasini yana-da mustahkamlash borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

 

Mazkur yo‘nalishda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tegishli tadbirlarni tashkil etish borasida «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

 

Funksional ko‘pkurash qanday sport turi?

 

Funksional ko‘pkurash – bu ko‘p energiya talab qiluvchi, ko‘p bo‘g‘imli harakatlardan foydalanadigan sport turi bo‘lib, u erkin og‘irlikdagi mashqlar, shaxsiy tana og‘irligi bilan mashqlar, siklik (kardio) mashqlardan foydalangan holda maxsus tuzilgan komplekslar to‘plamlarini birlashtirib, bir vaqt davomida uzluksiz bajarishlarni o‘z ichiga oladi.

 

Ushbu sport turining asosiy vazifasi – tananing turli tizimlarini jadal rivojlantirish va umumiy sog‘likni mustahkamlashdan iborat. Kombinatsiyalashgan mashqlar ishtirokchilarni chiniqtirish, ularni chidamlilik darajasini oshirish, jismoniy imkoniyatlarini har qanday yuklamaga moslashtirishdan iborat.

 

Mashqlar komplekslarini ishlab chiqishning asosi – bu ko‘p funksionallik tamoyilidir. Bu esa tananing barcha funksiyalarini raqobat yo‘li bilan ishlatish va jismoniy jihatdan eng yaxshi tayyorlangan sportchilarni aniqlash imkonini beradi.

 

Federatsiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

 

Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish doirasida qator ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sportning turli va yangi turlari bo‘yicha federatsiyalar ochilmoqda. Funksional ko‘pkurash federatsiyasi ham shular qatorida.

 

Federatsiya faoliyatini tashkil etish bo‘yicha asosiy hujjatlar (Nizom va majlis qarori) ishlab chiqildi, federatsiya rahbariyatining tarkibi tasdiqlandi va ularning vazifalari belgilandi. Milliy gvardiya Qo‘mondoni o‘rinbosari M.G‘aniyev federatsiya prezidenti, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Abdullayev hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi L.Rahmatullayeva esa vitse-prezidentlari etib tayinlandi.

 

Funksional ko‘pkurash federatsiyasining asosiy maqsadi – sog‘lom turmush tarzi va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yoshlarning maʼnaviy va axloqiy tarbiyasini takomillashtirish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilishga ko‘maklashish, aholi o‘rtasida funksional ko‘p tomonlama ommalashtirish, xorijiy davlatlar bilan ushbu sohada xalqaro aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish hisoblanadi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"