Eng dolzarb

Saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlandi

Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq,   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlandi

 

2021 yil 23 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shaklini va matnini tasdiqlash,  O‘zbekiston Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish hamda Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari joy oldi.

 

Komissiya aʼzolari dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shaklini va matnini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

 

Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.

 

Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

 

Saylov byulletenlari davlat tilida nashr etiladi. Shuningdek, okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda ham nashr etilishi mumkin. Saylov byulletenlarini brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.

 

Saylov kodeksining 32-moddasiga asosan, uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan, muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladi. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini taʼminlaydi.

 

Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni har bir saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq bo‘lishi mumkin emas.

 

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, shu kunga qadar 6 nafar xorijiy mamlakatlardan va DIIHB YEXHTdan 40 nafar xalqaro kuzatuvchi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi MSK qaroriga muvofiq, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (7),  Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi (25), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (1), shuningdek  Ozarbayjon Respublikasi (2), Belarus Respublikasi (2), Qozog‘iston Respublikasi (3), Latviya (1), Misr (5), Rossiya Federatsiyasi (5),  Singapur (3), Turkiya (5), Ukraina (1), Chexiya Respublikasi (1), Yaponiya (2) va Quvayt (3) davlatlaridan 66 nafar xorijiy kuzatuvchi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun mandatlarni qonunda belgilangan muddatda taqdim etmoqda

.

Komissiya aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek o‘tgan vaqt davomida Markaziy saylov komissiyasiga yana 53 ta OAV tomonidan murojaat kelib tushgan. Majlisda Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror loyihasi bir ovozdan maqullandi va 53 ta mahalliy ommaviy axborot vositasining jami 167 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Endilikda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari jami 1129 (shundan 48 nafari xorijiy) nafarni tashkil etmoqda.

 

Majlis davomida Andijon, Navoiy va  Surxondaryo saylov okruglari raislarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

 

Majlisda kun tartibiga kiritilgan qarorlar ochiq ovoz berish orqali, komissiya aʼzolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi. Qayd etish joiz, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari qabul qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi, deb xabar beradi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"