Toshkent metrosining “Sergeli” yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi
“Toshkent metropoliteni” UK “Olmazor” — “Sergeli” yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.


Xabarda aytilishicha, mazkur yo‘nalish 25 sentyabr soat 21:00 dan 26 sentyabr soat 07:00 gacha profilaktik ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatilmoqda.
Harakat to‘xtatilga vaqtda ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Metropoliten yo‘lovchilari ushbu yo‘nalishdagi avtobuslardan yo‘l kira xaqisiz foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborilgani hamda yangi metro poyezdlari ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Majumarova







