Nukusda bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 24 sentyabr kuni soat 15:45 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar “Qumovul” MFY “Cheginbayev” ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda FVV axborot xizmati xabar qildi.
Unda aytilishicha, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 15:47 da yetib borgan. Yong‘in 16:20 da qurshab olingan va 17:05 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida bir-biriga tutash qurilgan 4 ta uyning taxminan 357 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusobod tumanida joylashgan “Grant somsa” oshxonasida kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi.







