Jahon

“Tolibon” Rossiyani muhim sohada hamkorlikka chaqirdi

“Tolibon” narkotrafikka qarshi Rossiya bilan birga kurashmoqchi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid maʼlum qildi.

“Tolibon” Rossiyani muhim sohada hamkorlikka chaqirdi

 

 

Toliblardan iborat yangi hukumat giyohvand moddalar kontrabandasiga butunlay barham berish niyatida. Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, bunday moddalarni yetishtirish Afg‘oniston uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Shuningdek, rasmiy vakil: “Fermerlarga qoradoridan boshqa ekinlar o‘stirishga imkon berish kerak. Kontrabanda yo‘llarini yo‘q qilishda ko‘plab davlatlar, jumladan, Rossiya yordam berishi mumkin”, — degan.

 

Shuningdek, у  Afg‘onistondagi barqarorlik butun mintaqa manfaatlariga mos kelishini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaslik, qurol kontrabandasini tugatish va mamlakatdan olib chiqib ketilgan boyliklarni ortga qaytarish muhimligini ta’kidlagan.

 

Afg‘oniston jahonning eng yirik giyohvand modda yetishtiruvchi davlatlaridan biri. Bu yerda opiy kukunining 90 foizi ishlab chiqariladi. Ushbu moddalarning yillik aylanmasi bir necha milliard dollarni tashkil etadi.

 

Bundan avval Hindistonda Afg‘onistondan keltirilgan 3 tonnaga yaqin geroin topilgani xabar qilingandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"