Jamiyat

Toshkent shahar issiqlik ta’minotini Fransiyaning «Veolia» kompaniyasiga 30 yilga boshqaruvga beriladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Tolib Ergashev ma’lum qildi.

Toshkent shahar issiqlik ta’minotini Fransiyaning «Veolia» kompaniyasiga 30 yilga boshqaruvga beriladi

 

 Dastlabki 2 yilda “Veolia”ga pilot loyiha sifatida Bektemir va Sergeli tumanlaridagi 118 ta ko‘p qavatli uy va 43 ta ijtimoiy soha ob’yektining issiqlik tizimlari modernizasiya qilinadi.

 Pilot loyiha doirasida “Veolia” (Xususiy sherik) kompaniyasining 15 mln yevro investisiyasi hisobiga 13,5 mingta issiqlik va 153 mingta issiq suv o‘lchagichlarini o‘rnatish, 142 ta avtotransport, 451 ta texnika va bitta mobil qozonxonani xarid qilish, 1142 ta issiqlik stansiyasini o‘rnatish va rekonstruksiya qilish, 22,3 gkal/s quvvatli lokal qozonlarni modernizasiya qilish, 53,4 km issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilmoqda.

Toshkent shahar issiqlik ta’minotini Fransiyaning «Veolia» kompaniyasiga 30 yilga boshqaruvga beriladi | Zamon.uz