Eng dolzarb

“UzAuto Motors” noodatiy dizayndagi modellerni namoyish qildi

“UzAuto Motors” o‘z avtomahsulotlarini noodatiy dizayndagi modeller ko‘rinishida tanishtirdi. Bu haqda kompaniyaning saytida maʼlum qilindi.

“UzAuto Motors” noodatiy dizayndagi modellerni namoyish qildi

 

 

Unda aytilishicha, isteʼmolchilar tomonidan Telegram kanallar, shuningdek, boshqa internet tarmoqlarida “UzAuto Motors”ning avtomobil modellari orasida oq rang ustunligi bo‘yicha muhokama olib borilgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan o‘rtaga tashlangan —  “Nimaga ikki xil rangli avtomobil ishlab chiqaryapsiz?” savoli muhim ahamiyat kasb etgan.

 

“Biz uchun isteʼmolchilarning fikri juda muhim. Mijozlar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanilgan ushbu taklif kompaniya tomonidan operativ tarzda ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng, “UzAuto Motors” rahbariyati blogger va avtomobil ishqibozlarini noodatiy dizayndagi “Chevrolet Lacetti”, “Chevrolet Cobalt”, “Chevrolet Nexia”, “Chevrolet Spark” modellari bilan tanishishga taklif qildi”, — deyiladi “UzAuto Motors” saytida.

 

O‘zgarishlar nafaqat kuzov rangi, balki interyer dizayni, disk va logotiplarga ham taʼsir ko‘rsatgan. Korpusdagi qarama-qarshi chiziqlar, avtomobil rangiga moslangan o‘rindiq dizayni, qoraytirilgan oynalar  o‘zgarishlarning hali hammasi emas.

 

“Aslini olib qaraganda, “Lacetti”, “Cobalt”, “Nexia” va “Spark” avtomobil modellarining tyuning varianti yaratildi”, — deya izoh bildiradi kompaniya vakillari.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “UzAuto Motors” “Spark” va "“Lacetti” avtomobillarini ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatgani haqidagi maʼlumot tasdiqlangani, Kusherbayev Qozog‘iston telekanalida “UzAuto Motors” haqidagi xabarga munosabat bildirgani hamda “General Motors” sotilgan avtomobillarini qaytarib olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.