Jahon

Xitoy sobiq diplomati  AQSHga yadro urushi bilan tahdid qildi

Xitoy AQSHga yadro zarbalari bilan tahdid qildi.  “Daily Mail” xabariga ko‘ra, Xitoyning BMTdagi sobiq elchisi Sha Szukan shunday bayonot bilan chiqqan.

Xitoy sobiq diplomati  AQSHga yadro urushi bilan tahdid qildi

 

 Szukanning bu tahdidi AQSHning Avstraliya va Buyuk Britaniya bilan tuzgan alyansiga qarshi o‘ziga xos javob bo‘ldi. Diplomat Vashington bilan o‘tmishdagi kelishuv — birinchi bo‘lib yadro zarbalari bermaslik to‘g‘risidagi shartnomani qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Chunki AQSHning Xitoy atrofida harbiy faolligi tobora oshib  bormoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning hozirgi siyosati “maʼnaviy obro‘” olib kelishi mumkin. Аmmo Vashingtonning mintaqa xavfsizligiga xavf tug‘dirayotgan siyosatiga munosib javob bo‘la olmaydi.

 

16 sentаbr kuni AQSH Avstraliya va Buyuk Britaniya bilan yangi harbiy alyans tuzilganini eʼlon qildi.

 

Ekspertlarning fikricha, bu ittifoq Xitoyning o‘sib borayotgan taʼsiriga qarshi qaratilgan. Xitoyning AQSHdagi elchixonasi, o‘z navbatida, Vashingtonni “sovuq urush” davrini eslatmaslikka chaqirdi.

 

Bundan avval “Osiyo NATO"si uchrashuvi tashkil etilgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"