0

Qiyin ahvolda qolgan 6 nafar fuqaro Vatanga qaytarildi

Joriy hafta davomida xorijda murakkab moliyaviy ahvolda qolgan va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan 6 nafar fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va mamlakatimizning xorijdagi konsullik idoralari ko‘magida O‘zbekistonga qaytarildi.

Qiyin ahvolda qolgan 6 nafar fuqaro Vatanga qaytarildi

 

Samarqandlik A.Q. 2020 yil mart oyida Rossiyaning Tomsk shahriga ishlash maqsadida boradi, salomatligi yomonlashganligi sababli mehnat qobiliyatini yo‘qotgan. Ushbu fuqaro Agentlik tashabbusi va homiylar ko‘magida davolanish bilan bog‘liq xarajati, oziq-ovqat va vaqtinchalik yashash joyi bilan taʼminlandi. Shuningdek, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan  22 sentyabr kuni Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishida Vatanga qaytarildi.

 

59 yoshli farg‘onalik U.Yu. joriy yilning avgust oyida ishlash maqsadida Rossiyaga borib, sog‘ligi yomonlashadi va mehnat qobiliyatini yo‘qotadi. Agentlik tomonidan homiylar jalb qilinib, 24 sentyabr kuni Sankt-Peterburg-Farg‘ona yo‘nalishida O‘zbekistonga qaytib keldi.

 

Asli Namangan viloyatidan bo‘lgan A.I. joriy yilda Rossiyaning Novosibirsk shahridagi qurilish obyektida ishlash maqsadida ketgan, kasallikka uchrab, ishsiz qolgan. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Agentlik ko‘magida Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys bilan Vatanga qaytarildi.

 

Andijonlik J.T. 2019 yilda qurilish sohasida ishlash maqsadida Rossiyaning Novosibirsk shahriga borib, muqim ish joylarida ishlolmaganligi sababli moliyaviy qiyin ahvolda qolgan. Fuqaroga Agentlik ko‘magida homiylar jalb qilingan holda Novosibirsk-Andijon yo‘nalishidagi aviareys bilan O‘zbekistonga qaytish uchun avia chipta tashkil qilindi.

 

51 yoshli navoiylik I.P. Rossiyaning Novosibirsk shahriga sog‘ligi yomonlashishi natijasida moliyaviy qiyin ahvolda qoladi. Agentlik tashabbusi bilan saxiy insonlar ko‘magida Vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

Qashqadaryolik M.M. joriy yilda ijtimoiy tarmoqdagi eʼlon asosida Ukrainaning Kiyev shahriga borib, taklif etilgan kompaniya bilan kelisholmay moliyaviy qiyin ahvolda qoladi. O‘zbekistonning Ukranidagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda 22 sentyabr kuni Kiyev-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytishiga ko‘maklashildi.

 

Avvalroq, salomatlik muammolari doirasida, Rossiya davlatida avtohalokatga uchragan fuqaro olib kelingani, shuningdek Rossiyada majburiy mehnatga jalb qilingan hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.

 

Maftuna Rejabboyeva

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"