Jahon

SSSR dan qochgan 18 yoshli qiz jasorati

Yaqindagina Rossiya fuqarosining Kunashir orolidan Xokkaydoga siyosiy boshpana olish maqsadida suzib o‘tgani haqida tarqalgan xabarlar barchada qiziqish uyg‘otgan edi.

SSSR dan qochgan 18 yoshli qiz jasorati

 

 

Bu holat hozirgi Rossiya uchun aql bovar qilmas voqea, ammo SSSR davrida bunday urinishlar hech kimni ajablantirmagan ekan.

 

“Zarnews.uz” nashri muxbiri bu mavzu doirasida o‘rganishlar olib bordi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Miliana Gosinskaya 1961 yilda Lugansk oblastidagi Altevek shaharchasida tug‘ilgan. Voyaga yetgach, maxsus til yo‘nalishidagi maktabda tahsil olib, xorij lingvistikasini qunt bilan o‘rgangan. Izlanishlar natijasida G‘arb turmush tarzini sovet turmush tarzi bilan taqqoslagan 18 yoshli qiz SSSRdan chiqib ketishga qaror qilgan. Lekin bu rejani amalga oshirish o‘sha vaqtda bir muncha qiyin vazifa edi. Texnika bilim yurtida o‘qib, ofitsiantlik qilish orqali yetarlicha mablag‘ jamg‘argandan so‘ng maqsadini amalga oshirish uchun imkon paydo bo‘ladi.

 

1978 yilda u sovet sayohat kemasi «Leonid Sobinov» teploxodida ofitsiant sifatida o‘zining birinchi chet el sayohatiga chiqadi. Avstraliya qirg‘oqlarida qator sabablarga ko‘ra, teploxod turib qoladi. Milana uchun bu ayni muddao edi. Kechki ovqatdan so‘ng u hamma narsasini qoldirib, o‘z kayutasi illyuminatori(oynasi)ni ochib, suvga sakraydi. Suzish kiyimida plyajgacha suzib borib, sohilda sayr qilib yurganlarga politsiyaga borishi lozimligini tushuntiradi. Bu jarayonda Milianaga xorij lingivistikasini o‘rganganligi qo‘l keladi.

 

Diplomatlar qochoq qizni teploxodga qaytarish uchun ko‘p urinishadi, lekin ularning barcha harakatlari zoye ketadi. Chunki, bu vaqt Miliana, allaqachon, reportyorlar qurshoviga tushib, intervyu bera boshlagan edi.

 

Qizning o‘zidagi kuchli qarshilik va yuqorida ko‘rsatilgan sabablar tufayli, turli xil qiyinchiliklar bilan unga Astraliya fuqaroligini beriladi. U «Dayli Miror» gazetasi fotosuratchisi Yan Xayson bilan oila quradi.  Bu turmush olti yil davom etadi. Yan Xaysondan Gosinskayaga katta mablag‘ qoladi.

 

Dovyurak ayol 1990 yilda Angliyaga kelib, yana bir bor turmush quradi va bu nikoxidan ikki nafar o‘g‘il farzand ko‘radi.

Aytilishicha, Miliana keyinchalik Ukrainadan ota-onasini olib kelgan va hozirda matbuot bilan umuman muloqotga kirishmaydi.

 

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"