Jamiyat

Jarqo‘rg‘onda bezorilik qilgan  er-xotinga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jarqo‘rg‘on tumani "Qorayog‘och" mahallasida yashovchi er-xotin Zilola  va Kamol  mahallada joylashgan “Gidrouzel” bulog‘i yonida  “Qushtepa” va “Qorayontoq” mahallalarida yashovchi Dildora va  Halima bilan o‘zaro janjallashib qoladi.

Jarqo‘rg‘onda bezorilik qilgan  er-xotinga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bu haqda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati  habar qildi.

Janjal oqibatida Kamol va Zilola  jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, qasddan buzib  Dilbar va Halimani duch kelgan joyiga urib,  tan jarohati yetkazadi.  Hozirda Kamol  va Zilolaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "B" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida to‘yxonada kelin va kuyov tomon vakillari o‘rtasida janjal  kelib chiqqani haqida xabar berilgan edi. 



Munojat Valiyeva

Jarqo‘rg‘onda bezorilik qilgan  er-xotinga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi | Zamon.uz