Siyosat

"Oqko‘ngil namanganlik yurtdoshlarimizning ishonchi va yordamiga tayanaman" – Shavkat Mirziyoyev

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 27 sentyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Oqko‘ngil namanganlik yurtdoshlarimizning ishonchi va yordamiga tayanaman" – Shavkat Mirziyoyev

 

 

Qayd etilishicha, uchrashuvni nomzodning Namangan viloyati bo‘yicha ishonchli vakili I.Najmiddinov ochdi.  

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan maʼruza qildi. 

 

Bu dastur barcha sohalarni qamrab olgan o‘nta ustuvor yo‘nalishdan iborat. Jumladan, ilm va innovatsiyalarga asoslangan yangi iqtisodiyotni barpo etish, faol tadbirkorlik va manzilli moliyaviy ko‘mak orqali kambag‘allikni qisqartirish, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, taʼlim sifatini kuchaytirish, aholi salomatligini mustahkamlash, hududlarni mutanosib rivojlantirish, xalqchil va insonparvar davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash, ochiq va pragmatik tashqi siyosat yuritish, madaniy-maʼnaviy sohalarni yuksaltirish bo‘yicha rejalar begilangan.

 

Oxirgi besh yilda Namangan viloyatida mahalliy sanoat qariyb 2 barobarga o‘sgani, jami 277 mingta yangi ish o‘rni yaratilgani qayd etildi. Shu bilan birga, aholining yashashi va ishlashi uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha dolzarb masalalar ko‘p.

 

Nomzodning dasturida kelgusi besh yilda Namangan viloyatida 400 mingta yangi ish o‘rni yaratish, aholi daromadini kamida 2 baravarga oshirib, kambag‘allikni 2 baravarga qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

 

Xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 164 ming ish o‘rni tashkil etish mo‘ljallangan. Viloyatda “drayver” bo‘lgan to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish materiallari, mebelsozlik kabi sohalarda 7 milliard dollarlik 10 mingdan ziyod investitsiya loyihasini amalga oshirish orqali 150 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.

 

Xizmatlar sohasining asosiy “o‘sish nuqtalari” ichki va tashqi turizm, savdo va logistika yo‘nalishlari bo‘lishi taʼkidlandi. Namangan viloyatini yiliga o‘rtacha 1,5 million nafar sayyohlarni qabul qiluvchi markazga aylantirish mumkinligi aytildi.

 

Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar davom ettirilib, 80 mingdan ortiq kishining bandligi taʼminlanadi. 11 ming gektardan ziyod maydon aholiga ochiq tanlov asosida, uzoq muddatli ijaraga beriladi.

 

Maʼruzada uy-joy qurish, yo‘l-transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Qayd etilganidek, viloyatda kelgusi besh yilda jami 16 ming xonadonli 700 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 85 foizga yetkaziladi. Yangi shifoxonalar tashkil etilib, aholiga yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytiriladi.

 

Namanganda kelgusi besh yilda 7 ta oliygoh tashkil etilib, jami oliy o‘quv yurtlari soni 10 taga yetkaziladi. Ibrat ijod maktabi negizida Chet tillar oliygohi tashkil etiladi.

 

– Men oddiy ziyoli oilasida ulg‘ayganman, inson hayotda o‘z maqsadiga erishish uchun tinimsiz harakat qilishi, qiyinchilik va muammolardan qo‘rqmasligi kerakligini chuqur anglayman. Bu borada butun xalqimiz qatori yuragi toza, oqko‘ngil namanganlik yurtdoshlarimizning ishonchi va yordamiga tayanaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Uchrashuvda partiya vakillari so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi va boshqalarni ham shunga daʼvat etdi.

 

Bundan avvalroq Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” sanoat shaharchasida bo‘lib, “Glass yexpo” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishgani, Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘zlagani, Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini munosib nishonlanishi, hamda Namanganda tibbiyotni yaxshilashga qaratilgan rejalar eʼlon qilingandi. Shuningdek, davlatimiz rahbari Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

"Oqko‘ngil namanganlik yurtdoshlarimizning ishonchi va yordamiga tayanaman" – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz