Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekistonning ertangi kuni – tadbirkorlar"

Davlatimiz rahbari dastlab Namangan shahri Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” sanoat shaharchasida bo‘lib, “Glass yexpo” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekistonning ertangi kuni – tadbirkorlar"

 

 

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yerda oynaga milliy naqshlar va zamonaviy dizaynlar asosida ishlov beriladi. Korxona 2019-yilda ishga tushirilgan edi va izchil rivojlantirib borilmoqda. Bu viloyatda oyna mahsulotlarini mahalliylashtirish, import o‘rnini to‘ldirishda muhim omil bo‘lmoqda. Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 1 million 200 ming dollarlik mahsulot eksport qilish imkoniga ega bo‘ladi. 

 

 

Prezidentimiz korxonadagi ish jarayoni, mahsulotlar namunalarini ko‘rdi.

 

Shu yerda tadbirkorlar bilan muloqot bo‘ldi.

 

 

– O‘zbekistonning ertangi kuni – tadbirkorlar. Biz besh yil davomida siyosat nuqtai nazaridan hamma bozorni ochishga harakat qildik. Endi sizlar sifat, raqobat, eksport bo‘yicha ishlashingiz kerak. Rejalaringiz baland bo‘lishi, har kuni izlanishingiz zarur.  Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi bunda sizlarga ko‘makdosh bo‘ladi, loyihalarga investor bo‘lib kiradi.

Avgust oyida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda yana ko‘plab rejalarni belgilab oldik. Kelgusida ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinib, qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi. Muhit shunday bo‘lishi kerakki, ishsiz yoshlar tadbirkorga, kichik tadbirkorlar katta, jozibador investorga aylanishi kerak. 

 

Davlatimiz rahbari Yuksalish mahallasiga avval ham kelgan, hududni sanoat shaharchasiga aylantirish, bu yerda yashovchi aholi uchun ish o‘rinlari yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi. 

 

Bu galgi tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

 


 
Oxirgi uch-to‘rt yilda mahalla ulkan bunyodkorlik maydoniga aylangan. Bu yerda 71 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan. Joriy yilda 5 ta, kelgusi yili 11 ta ko‘p qavatli uy qurib bitkaziladi.

 

Tadbirkorlarga zamonaviy sharoitlar yaratish, aholini ish bilan taʼminlash maqsadida mazkur hududda “Yuksalish”, “Yoshlar” va “Kushon” kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.

 

“Yuksalish” kichik sanoat zonasida jami 1,2 trillion so‘mlik 96 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Hozirgacha 7 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. 

 

 

“Yoshlar” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 804 milliard so‘mlik 60 ta loyiha, “Kushon” hududida 1,6 trillion so‘mlik 129 ta loyiha joylashtirilgan. Ularda, mos ravishda, qariyb 5 mingta va 13 mingta ish joyi tashkil etiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bundan avvalroq Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘zlagani, Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini munosib nishonlanishi, hamda Namanganda tibbiyotni yaxshilashga qaratilgan rejalar eʼlon qilingandi. Shuningdek, davlatimiz rahbari Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekistonning ertangi kuni – tadbirkorlar" | Zamon.uz