Eng dolzarb

Mitxun Chakraborti: "O‘zbekistonning ko‘p joylarida bo‘ldim, ammo Toshkent men uchun hammasidan sevimli"

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti tashrif buyurdi. Kuni kecha aktyor jurnalistlar bilan uchrashib, Yangi O‘zbekiston va o‘zbek kinosi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.

Mitxun Chakraborti: "O‘zbekistonning ko‘p joylarida bo‘ldim, ammo Toshkent men uchun hammasidan sevimli"

 

 

— Sizni O‘zbekistonda ko‘rganimizdan xursandmiz, oldin ham bu yerda bo‘lgansiz. Endilikda qanday o‘zgarishlarni sezdingiz? Nimalar sizni hayratlantirdi?

 

— Birinchi marta Toshkentga hamkorlikda film ishlaganimizda kelgandim, bir oy davomida bu yerda bo‘lgandik. Bugun Toshkentga kelib hayratimni berkita olmadim. Aeroportni o‘zidayoq ulkan o‘zgarishlarni ko‘rib, xuddiki o‘zimni Yevropani qaysidir shahriga kelib qolganimni his qildim. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida azaldan yaqin do‘stona aloqalar bo‘lgan va bugun ham bu aloqalar nafaqat kino va seriallar barcha sohalarda davom etib kelyapti. Aytishim mumkinki, Toshkentga kelib, O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga chiqib, yana-da rivojlanib chiroy ochganiga guvoh bo‘ldim.

 

— Yangi O‘zbekistonni uch so‘z bilan tasvirlab bera olasizmi?

 

— Hayratlanarli, chiroyli, mehmondo‘st.

 

— O‘zbek filmlarini Markaziy Osiyodagi roli haqida nima deya olasiz?

 

— Texnik tomondan yangi bosqichga ko‘tarilish zarur. O‘zbek kinoindustriyasi xorijiy hamkorlikni yana-da kuchaytirishi kerak. Men o‘zbek filmlarini dunyoga chiqishini xohlayman.

 

— O‘zbekistondagi sevimli shahringiz?

 

— O‘zbekistonning ko‘p joylarida bo‘ldim, ammo Toshkent men uchun hammasidan sevimli.

 

— Sizningcha, Toshkent xalqaro kinofestivali orqali Yangi O‘zbekistonning dunyoga qanday imkoniyatlari namoyon bo‘ladi?

 

— Ayni vaqtda Toshkent Xalqaro kinofestivalining O‘zbekistonda o‘tkazilishi judayam muhim voqea deb ayta olaman. Ko‘plab yulduzlar dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyuradi. Bu kabi tadbirlar davlat obro‘sini yuksaltiradi. Bu yerda bo‘lgan har bir yulduz o‘z xotiralari, taassurotlari, bilan o‘rtoqlashadi. Yulduzlarning fikri albatta ko‘p odamlarni eʼtiborsiz qoldirmaydi.

 

— Hayotda siz uchun nima muhim? Nimani yo‘qotishdan qo‘rqasiz?

 

— Men kino aktyorman, shu bilan birga to‘rt farzandning otasiman. Oila boshiman. Men doimo sevimli inson bo‘lishni, kerak bo‘lishni xohlayman va shu mehrni doimo berishga harakat qilaman. Oilam men uchun eng muhimi, uni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Kino – hayotimning bir qismi. Uchrashuvlarda seni olomon o‘rab oladi, dastxat so‘raydi, yaxshi ko‘rishlarini aytadi. Buyam Yaratgan inʼom etgan baxt. Ammo oilam sevgisi men uchun eng qadrli.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"