Siyosat

Prezident Farg‘onadagi saylovoldi uchrashuvda jadidlarni eslab o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Farg‘ona viloyatida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Prezident Farg‘onadagi saylovoldi uchrashuvda jadidlarni eslab o‘tdi

 

 

Prezident uchrashuvda:

 

“O‘tgan asrda 100 ming yurtdoshimiz qatag‘on qilingan. Ular bilgan, ikkita Renessansni qila olgan xalqning ziyolilarini atay yo‘q qilgan. Biz yurtimizda  Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga  harakat qilyapmiz. Hech shubhasiz, agar mustamlaka tuzumining qatag‘on siyosati bo‘lmaganida,  ushbu Renessansni maʼrifatparvar jadid bobolarimiz  yaratgan bo‘lar edi”, - dedi.

 

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona jadidlarining maʼnaviy otasi - Zokirjon Furqat ijodini keng ommalashtirish Qo‘qon shahri markazidagi Furqat bog‘ida shoirning haykalini o‘rnatish bo‘yicha taklif bildirdi.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ashurali Zohiriyni yodga oldi:

 

“Yurtimizda ilk bor  “O‘zbek tili” darsligini yaratgan atoqli olim,  jurnalist va tarjimon,  jamoat arbobi Ashurali Zohiriy bo‘lganini  sizlar albatta yaxshi bilasizlar. Butun umrini el-yurtni,  millatimizni maʼrifatli va madaniyatli qilishga bag‘ishlagan,  1937 yili “xalq dushmani” sifatida  qatag‘on qurboni bo‘lgan  bu betakror insonning xotirasini munosib qadrlash,  nomini abadiylashtirish uchun  zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsak,  o‘ylaymanki, tarixiy adolat qaror topadi”.

 

Bundan avval, Prezident viloyatda kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti tizimlari yetarli rivojlanmaganligini aytgandi.

 

 

    Cho‘lponoy Ahmedova

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Prezident Farg‘onadagi saylovoldi uchrashuvda jadidlarni eslab o‘tdi | Zamon.uz