Jahon

“Qatar Airways” aviakompaniyasi pandemiya davrida 4 milliard dollardan ortiq zarar ko‘rdi

“Associated Press” xabar berishicha, aviakompaniya bunday katta zarar ko‘rishiga Airbus A380 va A330 samolyotlarida yo‘lovchi tashishning kamayishi sabab bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, 2021-yilda kompaniya daromadi 1.6 milliard dollargacha o‘sgan.

“Qatar Airways” aviakompaniyasi pandemiya davrida 4 milliard dollardan ortiq zarar ko‘rdi

 

 

O‘tgan yili, pandemiyaning boshlanish davrida ”Qatar Airways” xodimlar maoshini 15 foizga qisqqartirishga, shuningdek, aviayoqilg‘idan tejashga majbur bo‘lgandi. Pandemiya xalqaro aviaqatnovlar sohasiga katta zarar yetkazdi. Bu, ayniqsa, ichki bozori juda tor bo‘lgan Fors ko‘rfazi aviakompaniyalariga kuchli taʼsir qildi.

 

Shu bilan birga Qatarning arab davlatlari boykotidan chiqishi ham “Qatar Airways”ga yordam berdi. Saudiya Arabistoni va BAA 2017-yilda o‘z havo chegaralarini yopishi aviakompaniyani uzun marshrutlardan foydalanishga majbur qilayotgan edi.

 

 “Asosiy raqobatchilarimiz samolyotlarini qo‘ndirgan bir paytda biz tijoriy faoliyatimizni mavjud vaziyat (pandemiya)ga moslashtirdik va parvozlarni umuman to‘xtatmadik”, – degan kompaniya bosh direktori Akbar al-Beyker.

 

Shuningdek, Qatar hukumati 3 milliard dollardan ortiq yordam bergan. Kompaniya daromadlari 14 milliard dollardan 8 milliardga tushib ketgan. 2020 moliyaviy yilida 2019-yilga nisbatan yo‘lovchilar oqimi 82 foizga kamayib ketgani ham buning asosiy sabablardan biri bo‘lgan.

 

“Qatar Airways”ning mintaqadagi asosiy raqobatchilari bo‘lgan “Fly Emirates”va “Etihad” ham pandemiyadan katta zarar bilan chiqqan. Masalan, “Emirates” 5.5 milliard zarar ko‘rgan.

 

“Qatar Airways” ommaviy emlash sababli asta-sekinlik bilan xalqaro marshrutlar jonlanayotganini maʼlum qildi. Masalan, pandemiya avjiga chiqqan  davrda 33 yo‘nalishga parvozlar amalga oshirilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 140 dan oshgan.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Qatar Airways” aviakompaniyasi pandemiya davrida 4 milliard dollardan ortiq zarar ko‘rdi | Zamon.uz