Siyosat

"Viloyatda kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti tizimlari yetarli rivojlanmagan" — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

"Viloyatda kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti tizimlari yetarli rivojlanmagan" — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Prezident Farg‘onadagi eng dolzarb masalalarni sanadi:

 

- Viloyat aholisi soni va uning o‘sish surʼati bo‘yicha mamlakatimizda eng yuqori o‘rinlarni egallaydi (aholi soni 3 million 850 ming nafar). Bugungi kunda 20 mingga yaqin oila uy-joyga muhtoj.

- Har yili 30 mingdan ziyod yangi oilalar tashkil bo‘lishi ham uy-joyga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

- So‘x, Oltiariq, Toshloq, Quvada ichimlik suvi taʼminoti darajasi 50 foizdan past. Rishton, Beshariq, Qo‘shtepa, Yozyovon, O‘zbekiston tumanlarida ham, ahvol yaxshi emas.

-Viloyatda kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti tizimlari yetarli rivojlanmagan.

- Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon va Quvasoy shaharlarining markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimi ko‘p yillar mablag‘ ajratilmagani oqibatida izdan chiqqan.

- 9 ming kilometr ichki yo‘llar taʼmirtalab ahvolda.

- So‘nggi besh yilda viloyatda elektr energiyasi isteʼmoli 1,3 barobarga oshgani bois, elektr tarmoqlari, transformator va podstansiyalarning 40 foizi taʼmirga muhtoj.

- Aholining 1 million nafarida turli xil surunkali kasalliklar mavjud (respublika

hududlari orasida 1-o‘rin).

- 236 ta maktabning yuklamasi quvvatlaridan ancha yuqori. Kelgusi besh yilda o‘quvchilar soni 62 mingtaga ko‘payadi.

- Viloyatda 160 mingdan ziyod aholi ishsiz bo‘lib, har yili mehnat bozoriga qo‘shimcha 50 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 110 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas.

 

Bundan avvalroq Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” sanoat shaharchasida bo‘lib, “Glass yexpo” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishgani, Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘zlagani, Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini munosib nishonlanishi, hamda Namanganda tibbiyotni yaxshilashga qaratilgan rejalar eʼlon qilingandi. Shuningdek, davlatimiz rahbari Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.  

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.