0

Firdavs Abduxalikov: "Kino asarlarimizni bugungi zamon talablari darajasiga ko‘tarishimiz kerak"

Xalqimizning noyob madaniy merosi — turli davrlarda yaratilgan milliy kino fondini  asrab-avaylash, ularni keyingi avlodlarga bekamu-ko‘st yetkazish biz zamondoshlar zimmasidagi yuksak burch va vazifadir. Shu bois barcha sharoitga ega O‘zbek milliy kinofondi binosi foydalanishga topshirildi.

Firdavs Abduxalikov: "Kino asarlarimizni bugungi zamon talablari darajasiga ko‘tarishimiz kerak"

 

 

Kuni kecha Toshkent xalqaro kinofestivali ochilishi arafasida xalq orasida ”Рanorama”, degan nom bilan tanilgan bino qayta kapital taʼmirlanib, yangicha qiyofa kasb etib respublika “Kinochilar uyi”ga aylantirildi. Bu yerda milliy kino muzeyi ham o‘rin olgan. Maʼlumki, sifatli kino yaratish uchun  yaxshi mutaxassislar bilan birga ilg‘or kinotexnologiya va asbob-uskunalar ham kerak. So‘nggi yillarda  milliy kinoni yana-da rivojlantirish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

 

Firdavs Abduxalikov, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori:

 

— O‘zbek kinosi mavqei va obro‘-eʼtiborini qayta tiklash, bu boradagi ishlarni yana-da rivojlantirish — agentlik oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Buning uchun, albatta, kino asarlarimizni bugungi zamon talablari darajasiga ko‘tarishimiz, jahon kino sanoati bilan hamqadam va hamsaf bo‘lshimiz kerak. Bu, o‘z navbatida,  dunyoning yetakchi kinotexnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishimiz, zamonaviy kinotexnologiyalardan samarali foydalanishimizni taqozo etadi.  

Ayni shu maqsadda 2019-yildan buyon Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ana shu hamkorlik natijasida “O‘zbekfilm” kinokonserni uchun xorijdan 25 million yevro qiymatidagi yangi zamonaviy texnologiyalarni olib kelyapmiz. 

Ushbu zamonaviy, eng so‘nggi rusumdagi texnikalar  jahon kinematografiyasi talablariga javob bera olishi bilan ahamiyatlidir. Zamonaviy texnikalardan  nafaqat o‘zbek kinoijodkorlari, balki boshqa mamlakatlar kinokampaniyalari ham shartnoma asosida  foydalanishlari mumkin.  “O‘zbekfilm” kinokonsernini to‘liq qayta jihozlash katta mablag‘ talab qiladi.

Shu bois, ushbu kinotexnologiyalardan unumli foydalanishimiz kerak. Ulardan foydalanish bo‘yicha xorijiy mutaxassislar va kinoijodkorlar ishtirokida   mashg‘ulotlar olib boriladi. “O‘zbekfilm” kinokonsernining zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlanishi milliy kinematografiya rivojida muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK v“O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar:  “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

 

Munojat Valiyeva 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Firdavs Abduxalikov: "Kino asarlarimizni bugungi zamon talablari darajasiga ko‘tarishimiz kerak"