Jahon

"Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" ​​​​​​​go‘zallik tanlovida ikki nafar o‘zbekistonlik qiz finalga chiqdi

"Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovining yarim final bosqichida ochiq ovoz berish jarayoni nihoyasiga yetdi.

"Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" ​​​​​​​go‘zallik tanlovida ikki nafar o‘zbekistonlik qiz finalga chiqdi

 

 

Olingan ovozlar soni bo‘yicha ikki nafar o‘zbekistonlik qiz  finalga chiqdi. Ular 2 mingdan ortiq ovoz yig‘di. Ulardan biri 23 yoshli Kamola Abdildayeva — RUDN  universiteti talabasi. Ikkinchi o‘zbekistonlik ishtirokchi  — 25 yoshli urganchlik Rushana Karimova.

 

Tanlovda hozirda Rossiyada bo‘lgan voyaga yetgan migrant qizlar ishtirok etishi mumkin.

 

Tanlovning yarim finalida jami 7 nafar o‘zbekistonlik qiz ishtirok etdi. Tojikiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Turkmaniston, Qozog‘iston va Senegal go‘zallari ularga raqib bo‘ldi.

 

Maʼlumot uchun, "Miss FMR" finali 9 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.

 

Tanlovda uch nafar finalchi "Miss FMR", "Vitse-miss FMR" va "Tomoshabinlar eʼtirofi" nominatsiyasi bo‘yicha mukofot oladi.  

 

Migrant ayollar o‘rtasida  o‘tkaziladigan go‘zallik tanlovi bu yil  ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili tojikistonlik Fotima Kaladorova g‘olib bo‘lgandi, “Vitse-miss” nominatsiyasi g‘olibligini Rossiyaning Tuva respublikasidan Diana Badirgi qo‘lga kiritdi, “Tomoshabinlar eʼtirofi” esa qirg‘izistonlik Kamila Polotbekovaga nasib qilgandi.

 

Bundan avval qarishni sekinlashtiruvchi 5 ta odat haqida tavsiya berilgan edi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"