Sport

Bugun O‘zbekistonda ilk bor bodibilding bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

Joriy yilning 4-6 oktabr kunlari Toshkentda “7SABER” brendi ko‘magi asosida "Humo Arena" sport majmuasida bodibilding bo‘yicha XII jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Bugun O‘zbekistonda ilk bor bodibilding bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

 

Bu haqda mazkur chempionatga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi. Qayd etilishicha, musobaqada 150 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etadi.

 

Jahon chempionati doirasida erkaklar va ayollar uchun musobaqada quyidagi toifalar taqdim qilingan: 

 

• “Bodibilding” – muskullarning eng katta hajmiga ega sportchilar bellashadigan musobaqaning eng mashhur toifasi;

• “Atlet-fizik” – bu toifada sportchilar o‘zining mashg‘ulotlari, ovqatlanish va turmush tarzini ideal jismoniy holatiga erishish uchun tuzadilar;

• “Fitnes-fizik” – bu toifada qaddi-qomat, elastiklik, nafislik, texnika va estetika baholanadi, bundan tashqari akrobatika elementlari ham hisobga olinadi;

• “Model-fizik” – bu toifada sportchilar maqbul mushaklar massasiga ega kelishgan tana tuzilishlarini namoyish qilishlari kerak;

• “Sport-fizik” – bu toifada tananing vazni, tuzulishi va jismoniy holati hisobga olinadi. 

 

Avvalroq O‘zbekistonda yangi sport tashkiloti – Funksional ko‘pkurash federatsiyasi tashkil etilgani hamda Qozon shahrida birinchi MDH o‘yinlari bo‘lib o‘tishi  haqida xabar berilgandi.

 

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.