Jahon

Moskvada koronavirusga qarshi emlanganlar o‘rtasida lotoreya o‘ynaladi

Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi. Moskva meri Sergey Sobyaninning maʼlum qilishicha, bu emlashga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Moskvada koronavirusga qarshi emlanganlar o‘rtasida lotoreya o‘ynaladi

 

 

Shu bilan birga, lotoreyalar orqali emlanish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish mumkin. Moskvada ushbu usul avval ham qo‘llanilgan. “Tez orada bu amaliyotga yana qaytilishi mumkin. Aholi orasida faqat pulli yutuqlar emas, balki kvartiralar ham o‘ynalishi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Biz buni qayta joriy qilishga harakat qilamiz”, – degan Sobyanin.

 

Rossiyada butun dunyoda bo‘lgani kabi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashmoqda. Hukumat hozirda butun mamlakat bo‘ylab ommaviy tadbirlarni bekor qilgan. Rossiyada 4 oktabr kuni  2 yanvardan buyon kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 25 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

 

Bundan avval JSST rahbari vaksinalar taqsimotidagi adolatsizlik haqida gapirgandi. Shuningdek, JSST koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha yangi tekshiruv o‘tkazmoqchi ekani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.