Jamiyat

Farg‘onada 8 oylik homilador ayol o‘ldirildi

2021 yil iyun oyida U.N. Yozyovon tumani, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xonadonlar biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mol-mulklarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan vaqtida uyda bo‘lgan homilador M.Q. uni ko‘rib qolganligi sababli, uni pichoq bilan bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Farg‘onada 8 oylik homilador ayol  o‘ldirildi

Oqibatda M.Q. kasalxonada vafot etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi -Hayot Shamsutdinov xabar qildi. 

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 23 iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha 1 nafar shaxsga ayb eʼlon qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun 2021 yil 16 sentyabr kuni Farg‘ona viloyat sudiga yuborilgan.

Avvalroq Bulung‘urda mast erkak amakisini ketmon bilan jarohatlab, o‘ldirgani  hamda Farg‘onada 15-16 yoshli bolalar 45 yoshli taksichini vahshiylarcha o‘ldirib dalaga tashlab ketishgani haqida xabar bergan edik. 

 

Munojat Valiyeva

Farg‘onada 8 oylik homilador ayol o‘ldirildi | Zamon.uz