Jahon

Birlashgan Arab Amirliklarida Horun ar-Rashidning rafiqasi Zubaydaga tegishli xazinalar topildi

Sharja amirligi arxeologiya idorasining arxeologik missiyasi davomida Abbosiylar sulolasi davriga oid kumush tangalar xazinasini topdi.

Birlashgan Arab Amirliklarida Horun ar-Rashidning rafiqasi  Zubaydaga tegishli xazinalar topildi
 

Bu haqda "Islam.ru xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tangalar eski sopoldan yasalgan idishda bo‘lgan. Mutaxassislar aniqlangan tangalar orasida Zubayda Ummul Vohidga (milodiy 762 / 765-831) tegishli kumush dirham bo‘lganini aytgan. U Abbosiylar sulolasidan chiqqan arab malikasi, eng qudratli xalifalardan biri Horun ar-Rashidning suyukli rafiqasi bo‘lib, o‘g‘li xalifa Muhammad Al Amin davrida malika bo‘lgan.

Zubayda o‘sha davrning eng badavlat va eng nufuzli ayollaridan biri sanalgan. Uning boyligi haqida ko‘plab afsonalar tarqalgan. Jumladan, ulardan birida Zubayda har xil tadbirlar, xayr-ehson va kambag‘allarga pul tarqatish uchun 37 million dirhamgacha pul sarflagani keltirib o‘tiladi.

Topilgan tangalarda o‘sha davrning beshta xalifasi Abu Jafar al-Mansur, Muhammad al-Mahdi, Horun ar-Rashid, Muhammad Al Amin va Abu Jafar Abdulloh Al Maʼamun tasvirlanganini maʼlum qilgan.

Qazish ishlari boshlig‘i, doktor Saboh Abud Josimning so‘zlariga ko‘ra, topilma bu mintaqada Abbosiylar sulolasining erta paydo bo‘lishi haqidagi taxminlarni tasdiqlaydi. Shuningdek, u tangalar solingan ko‘za Abbosiylar davriga xos uslubda yasalganini ham qayd etgan. Mutaxassis Abbosiylar sulolasi hukmronligi davrida hozirgi Sharja viloyati butun Fors ko‘rfazi uchun muhim savdo markazi bo‘lganini aytgan.

Avvalroq,Toshkent xalqaro aeroportida xorijga ketayotgan shaxsdan 290 dona turli yillarda zarb etilgan qadimiy tangalar aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Munojat Valiyeva

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"