Namangandagi xonadonlarning birida 4 metrli ilon chiqqani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi xonadonlarning birida uzunligi 4 metrli ilon chiqqani haqida video tarqaldi.


Unda aytilishicha, videoni tarqatgan shaxs qarindoshlari va Nozimjon ismli tanishining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyiga borgan va xonadonidan 4 metrli ilon chiqqanini ko‘rib videoga olgan.
Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maʼlum qilishicha, viloyatda 4 metrli ilon chiqqanligi xaqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushmagan.
Maʼlumot o‘rnida: o‘tgan 2-3 yil davomida ham bunday katta ilon yuzasidan FVBga hech qanday murojaat kelib tushmagan.
Avvalroq Misrda kobra to‘rt yo‘lovchi va haydovchini chaqib o‘ldirgani hamda Avstriyada yashovchi erkakni ulkan ilon chaqib olgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







