O'zbekiston

2022-yil yakunigacha barcha hududda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

2022 - yil yakunigacha barcha hududlarda buyrak transplantasiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, inson aʼzolari va to‘qimalari transplantatsiyasi ilmiy laboratoriyasi tashkil etiladi. Shuningdek, 2022-2023 yillarda kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari ko‘lami kengaytiriladi. Prezident bu xususda qaror qabul qildi.

2022-yil yakunigacha barcha hududda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

 

 

Unga ko‘ra, tuman (shahar)larda amaliyotlar turi 60 tadan 79 taga, hududlarda esa 130 tadan 168 taga yetkazilib, xirurgiya markazida yurak va o‘pka transplantatsiyasi joriy etiladi.

 

2021-yilda yurak nuqsonlarini davolash uchun mo‘ljallangan 500 ta tibbiy buyum (okklyuder) xarid qilish rejalashtirilgan. Buning uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga 10 milliard so‘m ajratilgan.

 

Bundan tashqari, 2021-yilda Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallari 42,5 milliard so‘mlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

 

2022-yildan boshlab har yili o‘rtacha 2 500 ta okklyuder (tibbiy buyum) xarid qilish uchun mablag‘lar ajratish belgilandi.

 

Shu bilan birga, 2021-2022 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi tashkil etiladi.

 

2021-yil 1-noyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlarini sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

 

2022-2023 o‘quv yilida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va boshqa OTMlarda tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash choralari ko‘riladi.

 

Bundan avval xususiy shifoxona tomonidan kimlar bepul davolanishi mumkinligi, O‘zbekistonda farmatsevtikaga ixtisoslashgan yangi universitet tashkil etilishi hamda Prezident O‘zbekistonda pandemiyaning keyingi to‘lqinlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun 3 ta muhim shartni aytgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2022-yil yakunigacha barcha hududda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi | Zamon.uz