O'zbekiston

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

 

O‘zbek alifbosidagi ayrim harflar yozilishiga o‘zgartirish kiritilgani amaldagi banknotlarni almashtirish zaruratini yuzaga keltirmaydi. Muomaladagi barcha pullar avvalgidek to‘lov vositasi sifatida ishlatilaveradi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Markaziy bank vakilining tushuntirishicha, fuqarolar qo‘lidagi naqd pullarni almashtirishi yoki ulardan foydalanishni to‘xtatishi shart emas. Amaldagi banknotlar bilan xaridlarni amalga oshirish va to‘lovlarni davom ettirish mumkin.

 

Shuningdek, kelajakda yangilangan alifbo asosida yangi banknotlar chiqarilgan taqdirda ham ular hozirgi pullar bilan bir qatorda muomalada bo‘ladi.

 

Markaziy bank yangi banknotlar chiqarilishi haqida kamida bir hafta oldin rasmiy axborot berilishini ham bildirdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Fuqaro gaz hisoblagichining filtr qismidan rezina shlang orqali gaz tarmog‘iga ulangan.

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

50 ga yaqin soxta Telegram resurslari aniqlandi: Soliq qo‘mitasi ogohlantirdi

50 ga yaqin soxta Telegram resurslari aniqlandi: Soliq qo‘mitasi ogohlantirdi

Kiberfiribgarlar Soliq qo‘mitasi nomidan keshbek savdosi, soxta aksiyalar va xavfli ilovalarni tarqatmoqda.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.