Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi
Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Joriy yilning 24-noyabr kuni kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O'zgidromet xabar berdi.
Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlarida, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida sel hodisalari kuzatilishi ehtimoli bor.
Shu munosabat bilan tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralariga rioya qilish so‘raldi.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga sabab bo‘lishi mumkin.








