Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q
Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

2026-yil 23-noyabr kuni soat 03:08 da Toshkent shahri Yashnobod tumani Xusniobod ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Yong‘in soat 03:43 da qurshab olinib, 03:53 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Qarshidagi xonadonda gaz portlagani xabar qilingan edi.








