O'zbekiston

50 ga yaqin soxta Telegram resurslari aniqlandi: Soliq qo‘mitasi ogohlantirdi

Kiberfiribgarlar Soliq qo‘mitasi nomidan keshbek savdosi, soxta aksiyalar va xavfli ilovalarni tarqatmoqda.

50 ga yaqin soxta Telegram resurslari aniqlandi: Soliq qo‘mitasi ogohlantirdi

 

Soliq qo‘mitasining kiberxavfsizlik xizmati monitoring davomida Telegram messenjerida qo‘mita nomidan tashkil etilgan va kiberfiribgarlar tomonidan boshqarilayotgan 50 ga yaqin yopiq va ochiq guruh, kanal hamda botlarni aniqladi.

 

Ushbu resurslar orqali keshbek cheklarining savdosini tashkil etish, pul evaziga ijara shartnomalarini rasmiylashtirishga undash, «keshbek orqali pul ishlash» kabi referal aksiyalarni taklif qilish, Soliq qo‘mitasi nomidan turli xabarlar tarqatish va xavfli ilovalarni reklama qilish bilan shug‘ullanilmoqda.

 

Aniqlangan resurslar orasida soliquzçekkeşbek, SoliqUzkeşbeklar, Soliqmobilxizmati, SoliqUzbDavlatbot, keşbek_soliqbot kabi nomlar mavjud.

 

Mazkur holatlar yuzasidan kiberxavfsizlik xizmati Telegram messenjerining texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga rasmiy murojaat yubordi.

 

Soliq qo‘mitasi fuqarolarni norasmiy kanallar va guruhlarga qo‘shilmaslik, ularni boshqalarga tarqatmaslik, shuningdek, qonunbuzarlikka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

 

Shuningdek, bunday manbalarda joylashtirilgan havolalarni ochmaslik va ulardan olingan ilovalarni qurilmaga o‘rnatmaslik tavsiya etildi.

 

Shubhali holatlarga duch kelgan fuqarolar @soliquzreportbot orqali xabar berishlari mumkin.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.