O'zbekiston

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

 

O‘zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi N .R. Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

 

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, N. R. fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldash orqali katta miqdordagi mol-mulkini qo‘lga kiritganlikda gumon qilinmoqda.

 

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Qayd etilishicha, ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan boshqa shaxslarning joylashgan manzillarini aniqlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Fuqaro gaz hisoblagichining filtr qismidan rezina shlang orqali gaz tarmog‘iga ulangan.

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

50 ga yaqin soxta Telegram resurslari aniqlandi: Soliq qo‘mitasi ogohlantirdi

50 ga yaqin soxta Telegram resurslari aniqlandi: Soliq qo‘mitasi ogohlantirdi

Kiberfiribgarlar Soliq qo‘mitasi nomidan keshbek savdosi, soxta aksiyalar va xavfli ilovalarni tarqatmoqda.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.