Mirobod tumanidagi baʼzi ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishi vaqtincha cheklanadi
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 7 oktyabr kuni soat 16:00 dan – 1 noyabr kuni soat 20:00 ga qadar Toshkent shahar, Mirobod tumani hududidagi Toshkent “MUM” avtoshohbekati hamda Chimkent ko‘chasi kesishmasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Avvalroq Bo‘stonliqdagi yo‘l vaqtincha yopilgani hamda 15-16 iyul kunlari "Tashkent sity" atrofidagi ko‘chalar yopilishi haqida xabar bergan edik.
Munojat Valiyeva







