Jamiyat

Emlangan talabalarga vaʼda qilingan chegirma to‘lab berilmoqda

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra koronavirusga qarshi emlangan barcha talabalarga 10 foiz chegirma berilmoqda.

Emlangan talabalarga vaʼda qilingan chegirma to‘lab berilmoqda

 

Ushbu Respublika maxsus komissiyasining qarori barcha toifadagi talabalarni qamrab olgan va respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy to‘lov-kontrakt summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan.

 

Hozirda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan va koronavirusga qarshi vaksina olgan talabalarga bir martalik 10 foizli chegirma bonusi berilmoqda.

Emlangan talabalarga vaʼda qilingan chegirma to‘lab berilmoqda | Zamon.uz