Jahon

Tojikistonda O‘zbekiston Savdo uyi ochildi

Ikki mamlakat tadbirkorlarining tovar va mahsulotlarini xaridorlarga yetkazish bo‘yicha beminnat ko‘makchi vazifasini o‘tash maqsadida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida O‘zbekiston Savdo uyi ish boshladi.

Tojikistonda O‘zbekiston Savdo uyi ochildi

 

Savdo uyining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchisi Ergash Shoismatov va “Oriyen Invest” investisiya kompaniyasi bosh direktori Saidismatillo Valiyev ishtirok etib, bundan buyon ikki mamlakat tadbirkorlarining hamkorligi yana-da rivojlanishini taʼkidladi. Chunki Savdo uyini tashkil etishdan maqsad tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratishdir. Yaʼni tadbirkorlar, ishlab chiqarish korxonalari Savdo uyi orqali tovarlar va xizmatlarini reklama qilish imkoniga ega bo‘ladi. Savdo uyida ko‘rgazmalar zali tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda ishlab chiqaruvchilar o‘zlariga yangi xaridorlar topishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

 

Tadbirdan so‘ng ko‘rgazmalar zalida mahalliy tadbirkorlar uchun o‘zbek ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi.

 

Yaqindagina O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo aloqalari haqida xabar bergan edik.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.