Jamiyat

Mirzo Ulug‘bek tumanida birdaniga 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun 11 oktyabr kuni soat 07:45 da Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida, "Pushkin" metro bekati yaqinida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida birdaniga 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

 

Oraliq masofani saqlamaslik oqibatida: “Captiva”,“Vaz-2106”, “Lacetti”, “Cobalt” hamda “Spark” rusumli avtomobillar oldinma-ketin to‘qnashgan. To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Bundan avval Yakkasaroy tumanida  “Lacetti” yonib ketgani hamda Jizzaxda haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida YTH yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

 

 

Munojat Valiyeva

Mirzo Ulug‘bek tumanida birdaniga 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi | Zamon.uz