Jahon

Instagram foydalanuvchilariga uzilishlar oldini olish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarni dastur faoliyatida uzilishlar va akkaunt kontentining tarqatilishi haqida ogohlantirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya xabar bermoqda.

Instagram foydalanuvchilariga uzilishlar oldini olish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi

 

Birinchi funksiya foydalanuvchilarga dastur faoliyatidagi texnik muammolar haqida maʼlumot beradi. Ikkinchisi esa “Akkaunt holati” bo‘lib, kontent tarqatilishi va foydalanuvchi sahifasi xavf ostida yoki xavfsiz ekanini ko‘rsatib turadi.

 

“Bugun biz ikki yangi sozlamani taqdim etamiz. Ular odamlarga Instagram faoliyati va akkauntlar holati haqida dasturning o‘zidan turib ko‘proq maʼlumot olishga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.

 

Foydalanuvchilar yangi sozlamalar tufayli texnik muammolarni bartaraf etish muddatini ko‘rishi hamda kontent tarqatilishi bo‘yicha noroziligini bildirishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, 4-oktabr kuni Facebook, Instagram va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlari faoliyatida global uzilish ro‘y bergandi.

 

 

Sharofat Mahmudova

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.