Eng dolzarb

Xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini maʼlum qildi

Xonanda Ruxshona o‘zining Instagram‘dagi rasmiy sahifasida muxlislaridan kelgan savollarga javob berdi.

Xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini maʼlum qildi

 

 

Ruxshonaning muxlislari undan turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani rost yoki yolg‘on ekanligi haqida so‘rashgan. Xonanda esa buning haqiqat ekanini aytib, kelgusida yarashish niyati yo‘qligini maʼlum qilgan.

 

Uning aytishicha, ayni vaqtda juftlikning farzandlari onasi bilan birga. Ammo ajrimdan keyin Sanjar Matkarimov bir muddat davomida bolalarni Ruxshonaga bermagan.

 

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i unga musht tushirgan va kaltaklagan. Oilaning buzilishiga asosiy sabab rashk ekanligi maʼlum bo‘lgan. Shuningdek, Ruxshona ajrimdan keyin o‘ziga kelish uchun Yaratgandan tunu-kun kuch-quvvat so‘raganini aytib o‘tgan.

 

Xonanda bundan keyin Sanjar Matkarimov rejissyorlik qiladigan “Bola tilidan” ko‘rsatuvida ham boshlovchilik qilmaydi.

 

Maʼlumot uchun, xonanda Ruxshona va rejissyor-klipmeyker Sanjar Matkarimov 2014-yilning 2-noyabr kuni turmush qurgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘ining telefon raqamini o‘zlashtirib olganligi va ularning oilaviy munosabatlariga darz ketganligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"