Jahon

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

 

Yaponiya Immigratsiya agentligi mamlakatda noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosini vatanga deportatsiya qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, deportatsiya qilingan fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirgan. Vizaning amal qilish muddati tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmay, noqonuniy ravishda yashashda davom etgan. Keyinchalik u Yaponiya rasmiylari tomonidan hibsga olingan va O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

 

Elchixona noqonuniy yashash yoki ishlash holatlari aniqlansa, huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini eslatdi. Bunday holatlarda shaxs politsiya tomonidan hibsga olinishi, immigratsiya markaziga joylashtirilishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

 

Shuningdek, Yaponiya hukumati huquqbuzarlarga oid ma’lumotlarni O‘zbekiston tomoniga ham taqdim etishi mumkin. Elchixona fuqarolarni Yaponiyada ishga joylashtirish yoki uzoq muddat qolishga oid shubhali takliflarga ishonmaslikka chaqirdi.

 

Diplomatik vakolatxona qochqin maqomini olish uchun ariza berish mamlakatda qolish yoki ishlash imkonini beradigan vosita emasligini ham ta’kidladi. Bunday ariza rad etilgan taqdirda immigratsiya markaziga joylashtirish yoki deportatsiya qilish choralari qo‘llanishi mumkin. Ariza berishda yolg‘on ma’lumot yoki firibgarlik usullaridan foydalanish esa jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

Vashington Fors ko‘rfazidagi bir nechta davlatni ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgan.

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Elchixona bunga husiylarning fuqarolik aeroportlari va muhim infratuzilmaga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan.

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Kelishuv Kanada, Norvegiya va Germaniya tomonidan moliyalashtiriladi.

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Viza dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Texnikaning dastlabki namunalari yil oxirigacha Ukraina armiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining tinchlikparvar kuchlariga tegishli vertolyot o‘quv parvozi vaqtida qulagan.

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Ilon Mask Binance kripto-birjasiga qilingan xakerlik hujumi ortidan sun’iy intellektning kelajakdagi imkoniyatlari va xavflari haqida fikr bildirdi.