Jahon

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

Vashington Fors ko‘rfazidagi bir nechta davlatni ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgan.

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

 

AQSh oraliq Kongress saylovlaridan keyingi kun — 4-noyabrda Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkin. Bu haqda MS NOW telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Fors ko‘rfazidagi bir nechta mamlakatni ehtimoliy “qisqa va shiddatli zarbalar”ga tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqida ogohlantirgan.

 

Xabarda aytilishicha, Vashingtonning mintaqadagi ittifoqchilari hujumlar qayta boshlansa, Eron tomonidan javob zarbalari berilishidan xavotirda. Shu sababli ular vaziyatni yumshatishga urinmoqda.

 

Ismi oshkor etilmagan mintaqaviy amaldorning ta’kidlashicha, ayrim Fors ko‘rfazi davlatlari o‘z hududidagi AQSh harbiy bazalaridan Eronga qarshi zarbalar berish uchun foydalanilishiga qarshilik ko‘rsatishi mumkin.

 

Eron avvalroq ehtimoliy “terroristik hujumlar” yuz bergan taqdirda harbiy reja tayyorlayotganini bildirgan edi. Tehron javob zarbalari doirasini kengaytirib, dushman davlatlar va ularning mintaqaviy ittifoqchilariga tegishli markazlar, inshootlar hamda shtab-kvartiralarni nishonga olishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Elchixona bunga husiylarning fuqarolik aeroportlari va muhim infratuzilmaga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan.

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Kelishuv Kanada, Norvegiya va Germaniya tomonidan moliyalashtiriladi.

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Viza dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Texnikaning dastlabki namunalari yil oxirigacha Ukraina armiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining tinchlikparvar kuchlariga tegishli vertolyot o‘quv parvozi vaqtida qulagan.

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Ilon Mask Binance kripto-birjasiga qilingan xakerlik hujumi ortidan sun’iy intellektning kelajakdagi imkoniyatlari va xavflari haqida fikr bildirdi.