Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi
G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

AQShning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan G20 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida an’anaviy jamoaviy suratga olish bekor qilindi. Bunga bir nechta ishtirokchining Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan birga suratga tushishni istamagani sabab bo‘lgan. Bu haqda CBS xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, uchrashuv ishtirokchilarining qariyb uchdan bir qismi Lavrov bilan umumiy suratga tushishga qarshi chiqqan. Yevropalik rasmiylar Rossiya vaziri ishtirokidagi va u qatnashmaydigan ikkita alohida suratga tushishni taklif qilgan. Biroq AQSh tomoni ehtimoliy kelishmovchiliklarning oldini olish maqsadida fotosessiyani butunlay bekor qilgan.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Atlantada jurnalistlarga Rossiya bilan odatdagidek munosabatlarni davom ettirish mumkin emasligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, mavjud kelishmovchiliklar muzokaralar stolida muhokama qilinishi kerak, shu bilan birga noto‘g‘ri taassurot uyg‘otadigan tasvirlardan ham qochish lozim.
Avvalroq Vadeful Lavrov bilan jamoaviy suratga tushishdan bosh tortmasligini bildirgan edi. U Berlin va Moskva o‘rtasida normal munosabatlar mavjud emasligini tan olgan bo‘lsa-da, bunday uchrashuvlarda qo‘shma suratga tushish odatiy protokol ekanini ta’kidlagan.








