Salomatlik

So‘nggi 9 oyda Toshkent shahar "103" xizmatiga 910 mingdan ziyod chaqiriq kelgan

Shahar tez tibbiy yordam stansiyasi CALL-markazi bo‘lim boshlig‘i Nasiba Mahmudova Toshkent shahar “103” xizmatining ayni kundagi faoliyati, chaqiruvlar soni, koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

So‘nggi 9 oyda Toshkent shahar "103" xizmatiga 910 mingdan ziyod chaqiriq kelgan

 

 

— Bugun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik holat juda tez o‘zgarmoqda, — deydi N. Mahmudova. — Ayniqsa, keyingi kunlarda qator xorij mamlakatlarida kasallik qayta bosh ko‘tarayotgani, ayrim davlatlarda “COVID-19”ga chalingan bemorlar va o‘lim holatlari soni ortib borayotgani, xususan, Rossiya Federasiyasida so‘nggi haftalarda vaziyat keskin yomonlashgani barchamizdan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishni taqozo etadi.

 

Shu kunlarda yurtimiz aholisi orasida kasallanish soni tobora kamayib bormoqda. Lekin shunga qaramay, mutaxassis poytaxtimizdagi epidemik vaziyat hali ham murakkab qolayotganini aytib o‘tdi. 

 

Bu holatni shahar “103” xizmatiga bo‘layotgan chaqiruvlar sonidan bilishimiz mumkin. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida shahar tez tibbiy yordam xizmati CALL markaziga jami 910 ming 294 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 30 ming 271 tasini koronavirus infeksiyasiga chalinganligi gumon qilingan, pnevmoniya belgilari kuzatilgan va COVID-19ga topshirgan PZR testi musbat natija bergan katta yoshli bemorlar, 2 ming 204 tasini esa 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.

 

Ayni kunlarda shahar “103” xizmatiga bir kunda o‘rtacha 3100-3400 ta chaqiriq kelib tushmoqda.

 

Xususan, 4-14- oktbabr kunlari jami chaqiriqlar soni 46 ming 879 tani tashkil etdi. Shundan pnevmoniya belgilari kuzatilgan va koronavirusga topshirgan PZR testi musbat natija bergan 779 nafar katta yoshli bemor va 44 nafar bolaga sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. 

 

Taqqoslash uchun aytsak, o‘tgan yilning ayni shu davrida jami chaqiruvlar soni 36 ming 481 ta tashkil etib, koronavirusga topshirgan PZR testi musbat natija bergan 641 nafar katta yoshli bemor gospitalizasiya qilingan edi.

 

Avvalroq, Moderna kompaniyasi vaksina ishlab chiqarishni kengaytirishga qaror qilgani va shifokorlar koronavirusning farzand koʻrishga taʼsirini baholagani haqida xabar bergandik.

 

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

So‘nggi 9 oyda Toshkent shahar "103" xizmatiga 910 mingdan ziyod chaqiriq kelgan | Zamon.uz