Eng dolzarb

Toshkentda 16 yoshli qiz mashina haydovchisinining bo‘yniga pichoq tortib yubordi

Toshkentda «Spark» avtomobilidagi yo‘lovchi qiz haydovchining bo‘yniga bir necha bor pichoq tortdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Toshkentda 16 yoshli qiz mashina haydovchisinining bo‘yniga pichoq tortib yubordi

 

Buning sababi nima edi?

 

Haydovchi quyidagicha ko‘rsatma began. 

 

«Xadra tomondan “Xalqlar do‘stligi”ga qarab harakatlanib kelayotgandim. Bekatda bir qiz taksi to‘xtatib turgan ekan. Oldiga borib to‘xtadim va qayerga borishini so‘radim. “Bir bekat nariga — metrogacha”, - dedi. Aynan qaysi metro, yo‘limizda ikkita bekat chiqadi, deb so‘radim. “Mana shu birinchi bekat”, - dedi. Xo‘p deb, mashinaga chiqardim. Narx-navosini ham gaplashmadik.

 

300–350 metrdan keyin chorraha yaqinlashdi, oldimda 84-avtobus bor ekan. Shu avtobus bilan orqama-ketin yurib keldik. Avtobus o‘ng tomonga harakatlanib, bekat tomon kirayotganda men ham sekinlashib, «povorotnik»ni yoqdim. Orqada o‘tirgan qizni bekatda tushirmoqchi bo‘lib sekinlashganimda birdaniga pichoq tortib qoldi.

 

Avval bo‘ynim achishganday bo‘ldi, nima bo‘layotganini anglamadim. Keyin avtobusning orqasiga borib urildim. Mashinadan tushib, bekatdagi odamlardan yordam so‘radim. Qiz esa pichoq tirashda davom etdi. 10 sekundlarda o‘zimga kelib olganimdan so‘ng qarasam, hech kim yordam bermayapti. Qizning qo‘lini qayirib, odamlardan “102”ga qo‘ng‘iroq qilishini so‘radim.

 

Ayrim odamlar buni noto‘g‘ri tushunib, bu qizga nega ozor beryapsan, dedi. Keyin bo‘ynimni ko‘rsatib, mana pichoq tortib yubordi, iltimos, yordam beringlar, deganimdan keyin hamma qizni o‘rab oldi. “102”ga telefon qilishdi», — deydi haydovchi.

 

Qizning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi unga tegajoqlik qilmoqchi bo‘lgan va u bundan qo‘rqib, erkakning bo‘yniga pichoq tortgan.

 

«Darhol pichoqni olib, bo‘yniga tiradim. Uni to‘g‘ri ushlaganmi yoki yo‘q, buni bilmayman. Men uni shunchaki qo‘rqitmoqchi edim. Keskin harakat qilgan payti tegib ketgan bo‘lishi mumkin. Lekin unga pichoqni qattiq tiradimmi yoki yo‘q, bilmayman, to‘g‘risi.

Mashinadan birinchi u tushdi. Keyin esa men unga yo‘qol-yo‘qol, dedim. Biror nima qilib qo‘yishidan qo‘rqdim... U ustalar ishlatadigan pichoq edi», — deydi voqea ishtirokchisi bo‘lgan qiz.

 

Hozirda holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Avvalroq, Toshkentda taksi haydovchisi uch nafar ayolga shilqimlik qilgani va Chilonzorda taksi haydovchisi mashinasiga chiqqan qizga zo‘ravonlik qilgani haqida xabar bergandik.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"