Eng dolzarb

“UzAuto Motors” deputat Rasul Kusherbayevning tanqidiga javob qaytardi

Kompaniya munosabatini quyidagicha boshlaydi.

“UzAuto Motors” deputat Rasul Kusherbayevning tanqidiga javob qaytardi

 

 

“Shu haftada jamoatchilik orasidan mashhur deputat “UzAuto Motors” xaridorlariga muddatidan oldin “Chevrolet Cobalt” avtomobilini o‘rindiq isitkichi modulisiz topshirish haqidagi qaroriga nisbatan ochiqchasiga daʼvo bilan chiqdi. Uning fikricha, birgina opsiyasiz yuzlab “Cobalt” avtomobillari zarur yarimo‘tkazgichlar kelgunigacha kompaniya omborida qolishi kerak”.

 

“UzAuto Motors”ning munosabatiga ko‘ra, deputatni xaridorlarning fikri qiziqtirmaydi. Kompaniyaning 1 million so‘mlik kompensatsiya to‘lash pozitsiyasi xaridorlarga tanlov huquqini beradi. Yo o‘rindiq isitkichi opsiyasiz 1 mln. so‘m bilan avtoulovni qabul qilish yoki yetishmayotgan detalning yetkazilishini kutish.

 

Xabarda to‘liq komplektatsiyali avtmobilni yetkazib berish muddati o‘z kuchida qolishi taʼkidlangan.

 

Kompaniya rasmiylari deputatning qonun bo‘yicha jarima undirish haqidagi fikriga shunday javob beradi:

“Yarimo‘tkazgich komponentining yetishmovchiligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, vaziyat fors-major bandiga to‘g‘ri keladi. Fors-major holatlar yuzaga kelganda jarimalar ko‘zda tutilmagan.

Avtomobilni xarid qilish shartnomasida 2.4 bandi bor. Unda isteʼmolchi to‘lovni to‘liq qaytarish sharti bilan mahsulot xarididan voz kechishi, almashtirishi yoki komplektatsiya o‘zgargani uchun qayta hisob-kitob qilishi ko‘rsatilgan.

So‘nggi tanlov xaridorda qoladi. Isteʼmolchi huquqi hurmat qilinadi”.

 

“UzAuto Motors” Rasul Kusherbayevning tanqidida “urg‘u” berilgan jumlasiga ham eʼtibor qaratdi:

“Hurmatli deputat o‘rindiq isitkichi modulisiz beriladigan avtomobilni “brak” deb atadi.

Qo‘shimcha opsiyaning yo‘qligi yaroqsiz hisoblanmaydi. Ushbu qonunda “brak” (yaroqsiz) so‘zining o‘zi umuman yo‘q.

Xalq saylagan deputat “brak” (yaroqsiz) so‘zi bilan mahsulotdagi yetishmovchilikni nazarda tutgan ko‘rinadi.

"Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 19-moddasiga binoan – mahsulotdagi yetishmovchilik – bu mahsulotni to‘la maqsadli ishlatilishidagi kamchilikdir”.

 

Kompaniya deputatga “hurmatli deputat, o‘rindiq isitkichisiz avtomobildan foydalanib bo‘lmaydimi?” - deya savol beradi. So‘ng uni "qonunni o‘zi o‘qimaganlikda" ayblaydi.

 

“Noto‘g‘ri talqin qilishi, o‘zboshimchalik bilan xulosa chiqarishi, fuqarolarni chalg‘itishi “UzAuto Motors” eskpertlarida xalq deputati o‘z mamlakatining qonunchiligini bilishiga jiddiy shubha uyg‘otdi.

Shunday qilib, biror bir deputat normativ hujjatlarni o‘zicha talqin qilib, ixtiyoriy yoki beixtiyoriy ravishda aholini norozilikka chaqirishga qanchalik haqli?”, – qabilidagi savol bilan kompaniya mazkur bayonotini yakunlagan.

 

Avvalroq monopolist kompaniya isteʼmolchilar huquqlarini buzishda davom etayotgani va Kusherbayev yana “UzAuto Motors” masalasiga qaytgani hamda “UzAuto Motors” “Chevrolet Lacetti”larini nega don omborlarida saqlayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"