O'zbekiston

O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10 ta davlat maʼlum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda. Ushbu ikki davlatning har biridan 3,6 milliard dollarlik mahsulotlar import qilingan.

O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10 ta davlat maʼlum bo‘ldi

 

 

Importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar:

 

Qozog‘iston – 1,9 milliard;


Koreya – 1,3 milliard;


Turkiya – 1,2 milliard;


Germaniya – 516 million;


Turkmaniston – 355 million;


Hindiston – 338 million;


Ukraina – 309 million;


Litva – 300 million AQSH dollari.

 

Shuningdek, 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 10,3 milliard AQSH dollariga teng bo‘ldi.

 

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar quyidagicha: 

 

Xitoy – 1,8 milliard;


Rossiya – 1,5 milliard;


Turkiya – 1,3 milliard;


Qozog‘iston – 840 million;


Qirg‘iziston – 562 million;


Afg‘oniston – 487 million;


Tojikiston – 337 million;


Kanada – 161 million;


Ukraina – 142 million;


Turkmaniston – 137 million AQSH dollari.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 28,2 milliard AQSH dollariga teng bo‘ldi.


Avvalroq O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsаtkichi 10 foizga oshgani, 6 oydagi tashqi savdosi 13,6 foizga ko‘paygani, davlat xizmatlari sifatini baholaydigan yangi portal ishga tushgani hamda 2021-yilning olti oyida yangi tashkil etilgan korxonalar 13 foizga o‘sgani haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10 ta davlat maʼlum bo‘ldi | Zamon.uz