O'zbekiston

O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda

21-22 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda

 

 

Maʼlum qilinishicha, 21-22 oktabrda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

 

Havo harorati 10-13 darajaga, 21-oktabrda kunduz kuni 8-13 daraja iliqqacha, 22-oktabrda kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.

 

21-22 oktabrda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.