Eng dolzarb

Buxorodagi xarobaga aylangan "Somoniylar" bog‘i qayta tiklanadi...mi?

2004-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan madaniyat va istirohat bog‘ining hozirgi ahvoli qanday? Buxoroda joylashgan bu ko‘ngilochar maskan uchun kim javobgar?

Buxorodagi  xarobaga aylangan "Somoniylar" bog‘i qayta tiklanadi...mi?

 

Maʼlum bo‘lishicha, 24,5 gektardan ortiq yer maydonini egallagan bog‘ hozirgi kunga kelib qarovsiz ahvolga tushib qolgan. Bu bog‘ tarixi  aslida XX asrning 30 yillariga borib taqaladi. Bog‘dagi bugungi holatni viloyat hokimining o‘zi tekshirdi.

 

Mazkur istirohat bog‘i direksiyasi rahbari Shokir Yuldashev bog‘ haqida o‘z  fikrlarini aytdi:

 

— Bu bog‘ bir paytlar 10 ming kishigacha mijozni qabul qilgan va ularga madaniy – ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatgan. Istirohat bog‘ining 8 ta kirish darvozasi bor, ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekilgan, ko‘l va yozgi amfiteatri bilan birga, 50 ga yaqin atraksion va o‘yin qurilmalari mavjud. 2015 yilda bog‘da olib borilgan so‘nggi taʼmirlashda balandligi 24 metrli  arg‘imchoq shaharning boshqa qismidagi 'Paxtaoy" (hozirgi “Sitora”) bolalar bog‘iga ko‘chirilgan, uning o‘rniga yangi va mustahkam 30 metrli charxpalak o‘rnatilgan.

 

 Afsuski, bog‘ning fayzi yo‘qolgan, “Shohrud” arig‘idan tortilgan suv taʼminoti yaxshi bo‘lishiga qaramay, maskan devorlariga yaqin ariqda suv oqmaydi. Eng achinarlisi, bu yerda qo‘lansa hid bilan bog‘liq muammoga duch kelish bilan birga, xavfsizlik choralariga hech kim kafolat bera olmaydigan 6 metrli sunʼiy ko‘l ham o‘rin olgan.

 

 Shuningdek, bog‘da 17 yil avval taʼmirlashdan chiqarilgan 300 metrdan ortiq maydonda barpo qilingan favvora ham 6 yildirki yaroqsiz holatga kelgan. Favvora yonida joylashgan 500 o‘rinli amfiteatr sahnasi ham achinarli holatda. Yonidagi ko‘chma do‘konlarning mavsumiy yog‘ingarchiliklar natijasida zanglagan qoplama sirtini o‘t-o‘lanlar bosib ketgan.

 

 Sanitariya-gigiyena qoidalariga umuman rioya qilinmagan hojatxonaning tashqi va ichki ahvoli ham qoniqarsiz ahvolga tushib qolgan.

 

Direksiyaning hozirgi holati bo‘yicha hisobotida shunday deyiladi:

 

“2004 va 2015-yillardagi taʼmirlash ishlari to‘liq homiylik asosida amalga oshirilgan. Natijada, 7 kishidan tarkib topgan direksiya obodonlashtirish ishlariga javobgar bo‘lgan. Maʼmuriyatdan tashqari bog‘da 1 ta shtat birligida bog‘bon va 2 ta shtat birligida farrosh ishlayapti. Qolaversa, maʼmuriyat xo‘jalik hisobida faoliyat yuritmoqda. Bu yilda jami 50 dan ortiq tadbirkor bilan tuzgan 300 million so‘mlik ijara shartnomasi hisobidan ishchilarga oylik maosh berib, davlat oldidagi soliqlar to‘langan. Birgina elektr energiyasining yillik to‘lovi 4,4 million so‘m atrofida hisoblangan”.

 

 Xususan, viloyat hokimining o‘rganishlaridan so‘ng bog‘ning o‘zida Buxoro shahar hokimi nuqson va kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish, undagi sunʼiy ko‘l, favvora, amfiteatr va boshqa tarmoqlarini qayta taʼmirlab, zamonaviy dizaynini shakllantirish va buning uchun moliyaviy mablag‘ ajratilishini aytib o‘tdi.

 

Shu bilan birga bog‘ni yangicha ko‘rinishga keltirish masalasida qatʼiy topshiriq va tavsiyalar berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekistonda ikkita milliy tabiat bog‘i tashkil etilishi, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev "Yangi Toshkentni bahavo joyda bunyod etamiz", — deya taʼkidlagani, Vodildagi “Chinor tagi ” istirohat bog‘i to‘liq rekonstruksiya qilinishi,  Surxondaryodagi “Said otaliq” madrasasida taʼmirlash ishlari qachon boshlanishi hamda Chiroqchining Tarag‘ay qishlog‘idagi xaroba holiga kelib qolgan Amir Temur haykali haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"